locale OZ

«Manchester City» himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

U 2030 yilning o'rtalarigacha shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester City» himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi
ФОТО: Getty images

"Manchester City" himoyachi bilan shartnomasini uzaytirganini rasmiy e'lon qildi.

Rico Lewis besh mavsumga, 2030 yilning o'rtalarigacha shartnoma imzoladi.

U "Manchester City" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi “shaharliklar”ning asosiy tarkibida 97 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Lewis noyabr oyida 21 yoshini nishonlaydi.

Avvalroq unga bir nechta jamoalardan takliflar bo'lgandi. Biroq u “City”da qolishni lozim topgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting