locale OZ

«Manchester City» De Jongni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

29 yoshli futbolchining «Barcelona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester City» De Jongni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Фото: Getty Images

«Manchester City» o‘tgan yozda «Barcelona» yarim himoyachisi Frenki de Jongga qiziqish bildirgan, biroq keyinchalik futbolchini transfer qilishdan voz kechgan. Bu haqda The Touchline xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Angliya klubi rahbariyati «Barcelona» vakillari bilan aloqaga chiqqan. Ehtimoliy transferdan oldin «Manchester City» futbolchining tizzasidagi jarohat bilan bog‘liq tibbiy hujjatlar bilan tanishishni istagan.

Biroq hujjatlar o‘rganilgach, «Manchester City» de Jong transferi bo‘yicha ishlarni davom ettirmaslikka qaror qilgan. Shu tariqa niderlandiyalik yarim himoyachining Angliya klubiga o‘tishi amalga oshmagan.

De Jong 2019 yildan buyon «Barcelona» sharafini himoya qilib kelmoqda. U kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 297 ta bahsda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 31 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchining «Barcelona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting