«Man Siti»ning Elliot Anderson transferi boʻyicha pozitsiyasi maʼlum boʻldi
«Nottingem Forest» yarimhimoyachisi Elliot Anderson «Manchester Siti»ning qishki transfer oynasidagi asosiy maqsadiga aylandi. Football Insider xabariga ko‘ra, «shaharliklar» 23 yoshli futbolchi uchun «Manchester Yunayted»dan oldinda bo‘lishni maqsad qilgan.
Manbaga ko‘ra, «forestliklar» ingliz futbolchisi transferi uchun narxni 115 million yevroga ko‘tarishi mumkin. Shunga qaramay, «Manchester Siti» ushbu miqdorni mavsum o‘rtasida sarflashni xohlamayotgani sababli, Andersonning qishki transferi kam ehtimoliy ko‘rinadi.
Yarim himoyachi esa shaxsiy ravishda «shaharliklar»ga o‘tishni xohlaydi, «Manchester Yunayted»ga emas.
Joriy mavsumda Anderson barcha turnirlarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Andersonning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.