«Man Siti» Semenyu transferi boʻyicha harakatni tezlashtirdi
«Manchester Siti» so‘nggi soatlarda «Bornmut» vingeri Antuan Semenyu transferi borasidagi ishlarni sezilarli darajada faollashtirdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, klubning sport direktori Ugo Viana futbolchining vakillari bilan bevosita muzokaralar olib bormoqda. «Siti» rahbariyati Semenyu bo‘yicha yakuniy qarorni imkon qadar qisqa muddatda olishni ko‘zlamoqda.
Shu bilan birga, «Manchester Yunayted» hamon futbolchiga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda. «Liverpul» vaziyatni kuzatishda davom etmoqda, «Chelsi» esa Semenyu uchun kurashdan chiqdi.
Joriy mavsumda 25 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 3 ta samarali uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 mln yevroni tashkil etadi.