«Man Siti» mavsum yakunlanishiga olti tur qolganida «Arsenal»dan olti ochko ortda qolmoqda
«Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasining 32-turida «Chelsi»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va peshqadam «Arsenal» bilan oradagi farqni 6 ochkogacha qisqartirdi. Shuningdek, ayni damda «shaharliklar» hisobida «kanonirlar»ga qaraganda bitta zaxira o‘yini ham mavjud.
APLning joriy mavsumi qolgan qismida Pep Gvardiola shogirdlari «Arsenal» (19 aprel), «Byornli» (22 aprel), «Everton» (4 may), «Brentford» (9 may), «Bornmut» (17 may) va «Aston Villa» (24 may) jamoalariga qarshi maydonga tushishadi. Bundan tashqari, «Siti»ning «Kristal Pelas» bilan qoldirilgan o‘yini ham bor, uning sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.
«Arsenal» esa chempionat yakuniga qadar «Manchester Siti» (19 aprel), «Nyukasl» (25 aprel), «Fulhem» (2 may), «Vest Hem» (10 may), «Byornli» (17 may) va «Kristal Pelas» (24 may) bilan bahs olib boradi.