locale OZ

«Man Siti» Husanovga raqobatchi olib kelmoqchi

«Shaharliklar» hozirda APL turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» Husanovga raqobatchi olib kelmoqchi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Manchester Siti» klubi braziliyalik o‘ng qanot himoyachisi Uesli Fransani o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Globo nashrining xabar berishicha, «shaharliklar» futbolchini joriy yilning yanvar oyidayoq «Roma»dan sotib olishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Siti» Ueslini hali u «Flamengo» safida to‘p surgan davridayoq kuzatib kelmoqda va uni himoyaning o‘ng qanotida «ishonchli variant» sifatida baholamoqda. Qayd etilishicha, Manchester klubi ushbu transfer oynasidayoq ehtimoliy kelishuv shartlarini aniqlash uchun «Roma» bilan aloqaga chiqqan.

Shu tariqa «Tottenhem» va «Nyukasl» kabi futbolchiga qiziqish bildirayotgan raqiblaridan ilgarilab ketmoqchi. Shu bilan birga, «Roma» hozircha futbolchini Jahon chempionatiga qadar sotish niyatida emas va transferga rozilik bermagan.

Joriy mavsumda 22 yoshli Uesli barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol muallifiga aylangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting