Man Siti Foden bilan shartnomani uzaytiradi
Tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti” yarim himoyachi Fil Foden bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, terma jamoa o'yinlari uchun tanaffus vaqtida “shaharliklar” 25 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasidagi harakatlarni faollashtirgan. Futbolchi bilan allaqachon muzokaralar o'tkazilib, unga uzoq muddatli shartnoma taklif qilingan.
Joriy mavsum Foden barcha musobaqalarda 41 o'yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist