locale OZ

«Man Siti» 2026 yilda ikkinchi bor durang oʻynadi

«Shaharliklar» hozirda APL turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» 2026 yilda ikkinchi bor durang oʻynadi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» kecha «Chelsi» bilan Premer-liganing 20-turida 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bu 2026 yil boshidan buyon jamoa uchun ikkinchi durang hisoblanadi.

Oldinroq «Manchester Siti» 19-turda «Sanderlend» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan edi. Shunday qilib, «shaharliklar» Yangi yil bayramidan keyin hali g‘alaba qozona olishgani yo‘q.

Hozirda «Manchester Siti» 42 ochko bilan Premer-liga jadvalida ikkinchi o‘rinda turibdi. Yetakchi «Arsenal»dan ular olti ochko orqada.

Keyingi turda, 7 yanvar kuni, «shaharliklar» o‘z maydonida «Brayton»ni qabul qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting