locale OZ

«Man Siti» 2020 yildan buyon ilk marta «Real»ni Madridda magʻlub etdi

«Shaharliklar» uchrashuvda kambek amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» 2020 yildan buyon ilk marta «Real»ni Madridda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

10 dan 11 dekabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Manchester Siti» nihoyat Madridning «Real» jamoasi ustidan «Santiago Bernabeu»da 2020 yil fevral oyidan beri ilk bor g‘alaba qozondi. «Shaharliklar» Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining 6-tur uchrashuvida mezbonlarni 2:1 magʻlub etdi.

Bu «Siti»ning 2020 yil 26 fevraldagi shu stadiondagi 2:1 hisobidagi g‘alabasidan keyingi ilk muvaffaqiyati bo‘ldi. O‘sha vaqtdan buyon jamoalar Madridda to‘rt bor to‘qnash kelishgan edi.

Ulardan ikkitasi «qaymoqranglilar» foydasiga hal bo‘lgan — 2022 yil may oyida qo‘shimcha bo‘limlarda 3:1 (asosiy vaqt 2:1) va 2025 yil fevralida 3:1. Yana ikki bahs durang bilan yakunlangan: 1:1 (2023 yil may) va 3:3 (2024 yil aprel).

Ushbu turdan so‘ng «Real» umumiy guruh bosqichining olti o‘yinidan keyin 12 ochko jamg‘arib, 36 jamoa orasida 7-o‘rinda bormoqda. «Manchester Siti» esa 13 ochko bilan 4-pog‘onani egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting