locale OZ

Malik uchun ko‘plab jamoalar kurashga qo‘shildi

APL jamoalari 20 yoshli futbolchini sotib olmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Malik uchun ko‘plab jamoalar kurashga qo‘shildi
Photo: Getty Images

"Lion" vakili Malik Fofanaga "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda L'Equipe.

Qayd etilishicha, "Chelsi" 20 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha Fransiya klubiga murojaat qilgani, ammo hali rasmiy taklif bilan chiqmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Futbolchiga "Nottingem Forest" va “Nyukasl” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, "Lion" Belgiya terma jamoasi futbolchisi uchun kamida 50 mln yevro olmoqchi.

Fofana Liga 1ning o‘tgan mavsumida 29 o‘yinda 5 ta gol va 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting