Malen «Aston Villa»dan «Roma»ga o'tdi
U 14-raqamda to'p suradi.
ФОТО: Getty images
"Roma" hujumchi Daniell Malenni "Aston Villa"dan ijaraga oldi. Shartnoma 26 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatini ham nazarda tutadi.
Italiya klubi niderlandiyalik futbolchining ijarasi uchun 2 million funt to'lashi, sotib olish opsiyasi esa 25 million funt bo'lishi va bu ma'lum shartlar asosida majburiy bo'lishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Daniell Malen bu mavsumda APLda 21ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 1ta golli uzatma amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist