locale OZ

Maldini va Leonardo Italiya milliy jamoasini tark etadi

Bu haqda bevosita FIGC prezidenti Jovanni Malago xabardor qilingan.
Maldini va Leonardo Italiya milliy jamoasini tark etadi
photo: gettyimages

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) texnik direktori Paolo Maldini va uning maslahatchisi Leonardo iste’foga chiqmoqda, deb xabar bermoqda Sky Sport.

Bu haqda bevosita FIGC prezidenti Jovanni Malago xabardor qilingan. Har ikki mutaxassis bor-yo‘g‘i 16 kun oldin rasman o‘z vazifasini bajarishga kirishgan edi.

Avvalroq Futbol federatsiyasi Maldini va Leonardo tomonidan Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga ilgari surilgan Andrea Pirlo nomzodini rad etgan edi. Ushbu tayinlovni Rossiya bukmeykerlik kompaniyasi bilan hamkorlik murakkablashtirib yuborgan.

Xabar qilinishicha, bu vaziyat Maldini uchun mutlaqo kutilmagan hol bo‘lgan. Paolo futboldan tashqari sabablar murabbiy tanloviga ta’sir qilishi mumkinligiga tayyor emas edi. «Milan»ning sobiq himoyachisi madaniy-futbolga oid bo‘lmagan omillar ta’sir o‘tkazmasligi va aynan o‘zi Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyini mustaqil tanlashi bo‘yicha kafolatlar olganidan so‘nggina texnik direktorlik lavozimiga rozi bo‘lgani ma’lum.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting