locale OZ

Maksim Shatskix: Uchrashuvdan so'ng futbolchilarga rahmat aytdim

Andijon bosh murabbiyi Neftchi bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maksim Shatskix: Uchrashuvdan so'ng futbolchilarga rahmat aytdim
Photo: Andijon FK

Superliganing 24-turidan o'rin olgan
“Neftchi” - “Andijon” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab burgutlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix qatnashdi.

- Hammaga xayrli kech. Ko'p gapirmayman, asosan bir narsani aytib o'taman: ko'rinib turibdiki, yigitlarni charchagani sezilib turdi. Qisqa grafikda 5 ta o'yin o'tkazdik. Birinchi bo'limdayoq bizga ancha qiyin bo'lishi bilingandi. Uchrashuvdan so'ng futbolchilarga rahmat aytdim. Taqvim juda tig'iz tuzilgan. Ba'zi o'yinchilar bunday rejimda ishlab o'rganishmagan. Qolaversa, raqibimiz ham kuchli. Yaxshi darajadagi jamoa ekanini alohida ta'kidlashim kerak. Individual jihatdan tajribali futbolchilari ko'pligini ham aytib o'tish kerak. Biz bosqichma-bosqich keyingi uchrashuvlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rib boramiz. Endi terma jamoamizni o'yinlari sababli chempionatimizda pauza bo'ladi. Shu vaqt oralig'ida o'yinimizni yanada yaxshilab olishga harakat qilamiz. Xudo xohlasa, jarohat olganlar ham undan forig' bo'lib safga qaytishadi, degan umiddaman. Biz oldinga qarab intilishga harakat qilamiz.

- O'tkazib yuborilgan birinchi golga kim javob beradi?

- Darvozabonni ayblay olmayman. Tan olaman, o'tkir burchakka zarba berildi. O'yinni videosini ko'rib chiqamiz. Shundan so'ng xulosaga kelaman. Yana qaytaraman, darvozabonni ayblay olmayman.

- Mavsum oxirlab qolyapti. “Andijon” chempionat so'nggiga qadar kerakli ochkolarini to'play oladimi?

- Dekabrda ko'ramiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting