locale OZ

Maksim Shatskix: «Qanaqa natija bo‘lishini o‘yindan keyin ko‘ramiz»

"Andijon" bugun turnirdagi 4-tur uchrashuvini o‘tkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maksim Shatskix: «Qanaqa natija bo‘lishini o‘yindan keyin ko‘ramiz»
Maksim Shatskix: «Qanaqa natija bo‘lishini o‘yindan keyin ko‘ramiz»

5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Al-Xaldiya” - “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv “Al-Muharraq” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan odatdagidek matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab “burgutlar” ustozi Maksim Shatskix va futbolchi Usmonali Ismonaliyev ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

- Bu o‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘rildi?

Maksim Shatskix: - Hammaga xayrli kech. Bu uchrashuvga har doimgidek – chempionat va OChL bahslaridagi tayyorgarlik kabi hozirdik. Men ishonamanki, hamma turnir jadvalidagi holatni biladi. Ushbu uchrashuv muhimligini ham bilib turibmiz. Biz jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik va tayyormiz. Qanaqa natija bo‘lishini ertaga o‘yindan keyin ko‘ramiz.

Usmonali Ismonaliyev: - Bu raqib bilan o‘ynaganimizga hali ko‘p bo‘lmadi. Birinchi uchrashuvda ikkala jamoa bir-birini yaxshi o‘rgandi, deb o‘ylayman. Xudo xohlasa, o‘zimizga yarasha tayyorgarlik ko‘rib keldik. Bekordan-bekorga kelganimiz yo‘q. Bu oddiy uchrashuv emas. Nasib bo‘lsa, uch ochko bilan qaytishga harakat qilamiz. Murabbiylarning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarsak, uyga g‘alaba bilan qaytamiz", - dedi “Andijon” matbuot xizmati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting