Maksim Shatskix «Andijon»dan iste'foga chiqarilgach nimalar dedi?
Kecha "Andijon" klubidan iste'foga chiqarilgan Maksim Shatskix klub matbuot xizmatiga jamoada o'tkazgan faoliyati borasida quyidagilarni ma'lum qildi:
“Andijon” klubida o'tkazgan faoliyatim davomida bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga - viloyat hokimi, bosh homiy, klub rahbarlari va albatta jamoaning jonkuvar muxlislariga minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, “Ultras Burgut”ga alohida rahmat. Men ularning qo'llab-quvvatlovini doim his qilib keldim, bizni yolg'iz qoldirishmadi.
Albatta, natija ko'rsatish uchun qo'limizdan kelganicha maksimal darajada harakat qildik. Har bir uchrashuvda ishqibozlarni xursand qilishni istadik. Chunki ular eng zo'ri. Lekin, afsuski, biz o'ylagandek bo'lib chiqmadi. Jamoaga barcha sharoitlar yaratib berildi, bu borada hech qanday muammo yo'q. Lekin bu hayot. Iste'foning to'g'ri qabul qildim va hech kimdan hafa emasman. “Andijon” klubiga omad tilayman", - dedi Maksim Aleksandrovich.