locale OZ

Maksim Shatskix: «Afsuski, natija ko‘ngildagidek bo‘lmadi»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maksim Shatskix: «Afsuski, natija ko‘ngildagidek bo‘lmadi»
Photo: Andijan PFK

"Mash'al" - "Andijon" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Birinchi navbatda bizni qo‘llab-quvvatlash uchun uzoq yo‘l bosib kelgan muxlislarimizdan uzr so‘rayman. Men aybdorman. Ba'zi-bir futbolchilarimiz o‘zlarini pro ligadagi kabi tutishyapti. Balki ulardan katta natijalarni talab qilyapmiz. O‘yin ko‘rsatdiki, biz uchun o‘ylab olishimizga yaxshi material bor. Yil yakunida qandaydir jiddiy xulosalar qilishga o‘xshab turibmiz. Kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan futbolchilarga imkoniyat berildi. Afsuski, natija ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Hozir menga gapirish qiyin. O‘yinchilarni tahlil qilib chiqamiz. Kim o‘sishni xohlasa, harakat qilsa o‘sadi, o‘z ustida ishlab, mehnat qilmagani o‘smaydi. Ba'zi o‘yinchilarimizning o‘yini ko‘ngildagidek chiqmayapti.

- Birinchi davrada "Andijon" "Mash'al"ni 1:0 ga yutgandi. Ikkinchi davrada "Mash'al" shu hisobda yutdi. Xomyakov jamoasi kuchlimidi yoki Shatskix jamoasi kuchlimi?

- Savolni tushunmadim. Qanaqa kuchli jamoa bo‘lishi mumkin? Savol men uchun tushunarsiz.

- Legionerlarni o‘yinidan qoniqdingizmi?

- Yo‘q.

- Legioner darvozabonchi?

- Yaxshi.

- Xato qilmadimi?

- Hammaning xatosi bo‘ldi, ayniqsa birinchi taymda. Agar o‘z potensialimizdan to‘g‘ri foydalanganimizda 5:1 bo‘lardi. Afsuski, 1:0 ga yutqazdik. Nima qilishimiz kerak? Futbolchining individual mahorati qo‘l keldi. Bu futbol. Demak, mashg‘ulotlarda yanada yaxshiroq ishlash kerak.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting