Maguayr Saudiyaga yo'l olishi mumkin
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Harri Maguayr shartnomasi yakuniga yetganidan so‘ng klubni tark etadi.
SunSport xabar berishicha, "qizil iblislar" 32 yoshli futbolchi bilan kelishuv muddatini uzaytirmaydi.
Qayd etilishicha, Maguayrni Saudiya Arabistonining grand klublari o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Futbolchi mavsum yakunida kelajagi borasida bir qarorga keladi.
Eslatib o‘tamiz, Harri mankunianliklar safida jami 249 ta o‘yinda 16 ta gol urib, 8 ta assist bergan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist