locale OZ

Maguayr isteʼfoga chiqarilgan Amorimga minnatdorlik bildirdi

Avvalroq «MYU» portugaliyalik mutaxassis bilan xayrlashgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maguayr isteʼfoga chiqarilgan Amorimga minnatdorlik bildirdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» himoyachisi Harri Maguayr jamoa bosh murabbiyi lavozimidan bo‘shatilgan Ruben Amorimga murojaat qildi. Futbolchi portugaliyalik mutaxassisga birga ishlagan davr uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Hamma narsa uchun rahmat, ustoz! Kelajakdagi faoliyatingizga omad tilayman», — deb yozdi Maguayr ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida va Amorim bilan tushgan suratini joyladi.

Ruben Amorim «Manchester Yunayted»ni 2024 yil 11 noyabrdan 2026 yil 5 yanvargacha boshqargan. Hozirda jamoa APL turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda va peshqadam «Arsenal»dan 17 ochkoga ortda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting