Lutfulla To‘raev «Bunyodkor»ga qaytdi
Фото: Бунёдкор ПФК
Futbolchilik faoliyatining katta qismini “Bunyodkor” safida o‘tkazgan Lutfulla To‘raev yana sobiq jamoasiga qaytdi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, u bu safar faqat murabbiy sifatida qaytdi.
"Bunyodkor" safida to‘p surgan futbolchilarni ortga qaytarishni an'anaga aylantirgan klubimiz, yurtimizning nomdor va sovrindor futbolchilaridan biri bo‘lgan Lutfulla To‘raev masalasida ham aynan shunday yo‘l tutdi.
“1-liga ishtirokchisi "Bunyodkor-2" ustoziga aylangan Lutfullo Narzullaevichga murabbiylik faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz! Ishonamizki, futbolchi sifatida "Bunyodkor" bilan ko‘plab sovrinlarga ega chiqqan yosh mutaxassis murabbiylikda ham ulkan yutuqlarga erishadi”, — deyiladi xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist