locale OZ

Lukman faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lukman faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
Фото: Getty Images

"Fenerbahche" Ademola Lukmanga 4 yillik shartnoma uchun 24 mln yevrodan ko'proq taklif qildi.

Klubni tark etishni istagan "Atalanta" hujumchisi Yevropaning top-5 ligalarida transfer oynasi yopilguniga qadar yangi jamoa topa olmadi.

Jurnalist Oratsio Akkomandoga ko'ra, "Fenerbahche" nigeriyalik futbolchiga yiliga 6 mln yevro maosh va bonuslar bilan 4 yillik shartnoma taklif qilgan.

Turk klubi hozircha na Lukman bilan, na "Atalanta" bilan kelishuvga erishgan emas.

Avvalroq “Inter” va “Bavariya” jamoalari ham futbolchiga qiziqish bildirgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting