Lukas Vaskes faoliyatini Germaniyada davom ettiradi
Фото: Getty Images
"Real" sobiq himoyachisi, hozirda erkin agent bo'lib turgan Lukas Vaskes faoliyatini Germaniya chempionatining top-klublaridan birida davom ettiradi.
Insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 34 yoshli ispaniyalik futbolchi allaqachon "Bayer" bilan shartnoma borasida kelishib olgan.
Futbolchi allaqachon nemis klubida yashirincha tibbiy ko'rikdan o'tgan. Tez orada Vaskesning "Bayer"ga o'tishi rasmiy e'lon qilinadi. Ispaniyalik futbolchi 2007 yildan buyon "Real" safida to'p tepadi.
Eslatib o'tamiz, Lukas Vaskes o'tgan mavsum "qirolicha klubi" tarkibida Ispaniya chempionatida 32 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist