locale OZ

Lukaku va Donnarumma o‘rtasida o‘yin yakunida mojaro yuz berdi

Mojaro ortidan bosh hakam Daniel Zibert Lukaku va Donnarummaning har ikkisiga sariq kartochka ko‘rsatdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lukaku va Donnarumma o‘rtasida o‘yin yakunida mojaro yuz berdi
Foto: Getty Images

UEFA Millatlar ligasi doirasidagi Italiya — Belgiya uchrashuvi yakunida Romelu Lukaku va Janluiji Donnarumma o‘rtasida keskin vaziyat yuzaga keldi. Belgiyalik hujumchining provokatsion ishorasidan so‘ng futbolchilar bir-biriga yaqinlashib, mojaro kelib chiqdi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Lukaku Donnarummaga qarab avval barmog‘ini labiga qo‘ydi, so‘ng ikki barmog‘ini ko‘rsatib, hisob 2:0 ekaniga ishora qildi. Final hushtagidan keyin Donnarumma maydon markazigacha borib, belgiyalik hujumchiga e’tiroz bildirdi. Vaziyatga hakam va boshqa futbolchilar aralashib, ularni ajratishga majbur bo‘ldi.

Mojaro ortidan bosh hakam Daniel Zibert Lukaku va Donnarummaning har ikkisiga sariq kartochka ko‘rsatdi. Mojaroga aralashgan Daniel Maldini ham ogohlantirildi. Bahsning o‘zi Belgiyaning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ma’lumot uchun, Belgiyaga g‘alaba keltirgan gollarni Mika Godts va Dodi Lukebakio urdi. Ushbu uchrashuv Roberto Manchinining Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi qaytishidan keyingi ilk o‘yini bo‘ldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting