locale OZ

Lukaku Belgiya terma jamoasining Jahon chempionatidagi eng yaxshi to'purariga aylandi

Lukaku Belgiya tarixiga kirdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lukaku Belgiya terma jamoasining Jahon chempionatidagi eng yaxshi to'purariga aylandi
Foto: Getty Images

Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Jahon chempionatlaridagi milliy rekordni yangiladi.

JCh-2026 guruh bosqichining 3-turida Belgiya Yangi Zelandiyani 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda Lukaku ham raqib darvozasini ishg‘ol qilib, mundiallardagi gollari sonini 6 taga yetkazdi.

Shu tariqa, 33 yoshli hujumchi Belgiya terma jamoasi tarixida Jahon chempionatlarida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.

Avvalgi rekord Mark Vilmotsga tegishli edi. U JCh-1998 va JCh-2002 turnirlarida jami 5 ta gol urgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting