Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini davom ettiradi
Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi. Xorvatiya futbol ittifoqi 40 yoshli yarim himoyachi Chexiya, Ispaniya va Angliyaga qarshi bo‘ladigan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvlariga chaqirilishini ma’lum qildi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Slaven Bilich Modrichning qaroridan xursand ekanini bildirib, sardorning maydonda ham, uning tashqarisida ham jamoa uchun katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Avvalroq 2026-yilgi jahon chempionatidan keyin Modrich terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq tajribali futbolchi milliy jamoada qolishga qaror qildi.
Ma’lumot uchun, Modrich Xorvatiya terma jamoasida 2006-yilda debyut qilgan. U milliy jamoa safida 202 ta uchrashuv o‘tkazib, 29 ta gol va 32 ta golli uzatmani qayd etgan. 9-sentabr kuni futbolchi 41 yoshga to‘ladi.