locale OZ

Luka Modrich operatsiya qilindi

Xorvatiyalik futbolchi nomaʼlum muddatga safdan chiqdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luka Modrich operatsiya qilindi
FOTO: Getty Images

«Milan» va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich Italiya A Seriyasining 34-turidan o‘rin olgan «Yuventus»ga (0:0) qarshi o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng operatsiya qilindi.

Jamoalar Milandagi «San-Siro (Juzeppe Meatssa)» stadionida bahs olib borishgan edi. Uchrashuvda Simone Sodza bosh hakam sifatida faoliyat yuritgan.

Jarrohlik amaliyoti Milandagi «La Madonnina» klinikasida bo‘lib o‘tdi. Futbolchining chap yanoq suyagidagi murakkab ko‘p sonli sinishni davolash uchun xirurgik aralashuv talab etildi. Doktor Luka Autelitano boshchiligidagi jamoa tomonidan, klub shifokorlari Stefano Madzsoni va Andrea Bulgeroni ishtirokida o‘tkazilgan operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi.

«Klub Lukaga yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati oldidan tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi!» — deyiladi «Milan» rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting