Luka Modrich Italiya chempionatining 64 yillik rekordini yangiladi
U yozda Milan klubi safiga kelib qo‘shilgandi.
ФОТО: Getty images
"Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich A Seriyaning deyarli 65 yil saqlanib kelgan rekordini yangiladi.
Xorvatiyalik futbolchi "rossonerilar" safida ham o‘ynagan (38 yosh-u 169 kun – 1961 yil 26 martda "Inter"ga qarshi o‘yinda) Nils Liedholmning rekordini yangilab, Italiya chempionatida gol urgan tarixdagi eng keksa yarim himoyachiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Modrich "Milan"ga yozgi transfer oynasida tekin kelib qo‘shilgandi.
"Milan" dastlabki uch turda 6 ochko to‘plagan va A Seriya turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist