locale OZ

Luka Modrich gol urish bo'yicha UEFA rekordini o'rnatdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luka Modrich gol urish bo'yicha UEFA rekordini o'rnatdi
FOTO: Getty Images
JCH. Saralash. Yevropa
09.06.2025, Yak.
Xorvatiya
5
Chexiya
1

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich JCh-2026 saralash bosqichida gol urgan eng keksa yevropalik futbolchiga aylandi. Bu haqda R10 Score nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Modrich 39 yoshu 9 oyligida gol urdi. Avvalgi rekord bosniyalik hujumchi Edin Jekoga tegishli edi. U 39 yoshu 2 oy 12 kunligida San-Marino darvozasiga yo'l topgan edi.

Eslatib o'tamiz, Xorvatiya terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Chexiyaga qarshi bahs olib bordi va yakunda 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting