Luish Figu \"Oltin to‘p\" uchun asosiy nomzodlarni sanadi
Figuning fikricha, Rodri Jahon chempionatida gol va assistlar bilan ajralib turmagan bo‘lsa-da, turnirni juda yuqori saviyada o‘tkazdi.
Foto: Getty Images
Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Luish Figu 2026-yilgi "Oltin to‘p" sovriniga da’vogarlik qilishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni aytdi.
Figuning fikricha, Rodri Jahon chempionatida gol va assistlar bilan ajralib turmagan bo‘lsa-da, turnirni juda yuqori saviyada o‘tkazdi. Shuningdek, mundialdagi yorqin o‘yini tufayli Kilian Mbappe ham asosiy nomzodlar safida bo‘lishi kerak.
Portugaliyalik afsona Vitinya va Dezire Due ham mavsum davomida yuqori darajada o‘ynagani uchun sovringa da’vogarlar ro‘yxatidan joy olishga munosib ekanini ta’kidladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist