locale OZ

Luis Suares raqib jamoa xodimiga tupurgani uchun 6 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Suares raqib jamoa xodimiga tupurgani uchun 6 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
ФОТО: Getty images

“Inter Mayami” hujumchisi Luis Suares va yarim himoyachi Serxio Buskets Liga kubogi finalida “Sietl Saunders” klubiga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun jazoga tortildi.

Urugvaylik futbolchi o‘yin tugagach, raqib jamoa xodimiga tupurgani uchun qizil kartochka oldi. Liga tomonidan u 6 o‘yinga chetlatildi. Serxio Buskets esa raqib futbolchisini mushtlagani bois ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Himoyachi Tomas Aviles esa agressiv harakati uchun uch o‘yinga chetlatildi.

Bundan tashqari, “Sietl Saunders” murabbiylar shtabi a’zosi Stiven Lenxart ham intizomiy jazo oldi. U Liga kubogi finali davomida qilgan noo‘rin harakatlari sababli besh o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting