Luis Suares «Inter Mayami» bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 31 dekabrda yakuniga yetadi.
FOTO: Getty Images
«Inter Mayami» klubi hujumchisi, 38 yoshli urugvaylik Luis Suares jamoa bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor. Bu haqda The Athletic va Miami Herald nashrlari xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, tajribali futbolchi kelishuvni 2026 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirishga rozi. Joriy yilda Mayami klubi MLS Kubogini qo‘lga kiritdi, biroq urugvaylik hujumchi pley-off bosqichidagi so‘nggi to‘rt uchrashuvda asosiy tarkibdan joy olmadi.
Luis Suaresning «Inter Mayami» bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning 31 dekabrida yakuniga yetadi.
Avvalroq klubning yana bir yulduz hujumchisi Lionel Messi «Inter Mayami» bilan uch yillik shartnoma imzolagani va 2028 yil oxirigacha jamoada qolishi ma’lum qilingan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist