Luis Enrike Score 90 talqiniga koʻra oʻtgan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Ispaniyalik mutaxassis hozirda «PSJ»ni boshqarmoqda.
FOTO: Getty Images
«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Score 90 talqiniga ko‘ra 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Score 90 versiyasiga ko‘ra 2025 yilning eng kuchli 5 murabbiyi quyidagicha:
- Luis Enrike — «Pari Sen-Jermen» (Fransiya);
- Mikel Arteta — «Arsenal» (Angliya);
- Vensan Kompani — «Bavariya» (Germaniya);
- Xosep Gvardiola — «Manchester Siti» (Angliya);
- Hans-Diter Flik — «Barselona» (Ispaniya).
O‘tgan mavsumda Luis Enrike boshchiligidagi «PSJ» bir qator yirik sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Parijliklar Chempionlar ligasi, Fransiya chempionati, Fransiya Kubogi va Superkubogida g‘alaba qozondi.
Shuningdek, klub klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finaliga chiqdi hamda UEFA Superkubogi va Qit’alararo kubokni ham qo‘lga kiritdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist