locale OZ

Luis Enrike «PSJ» bosh murabbiyi sifatida birinchi marta Fransiya Kubogini qoʻldan boy berdi

«PSJ» Fransiya Kubogini 1/16 finalda tark etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Enrike «PSJ» bosh murabbiyi sifatida birinchi marta Fransiya Kubogini qoʻldan boy berdi
FOTO: Getty Images

Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi 2025/2026 yilgi Fransiya Kubogining 1/16 final bosqichida musobaqani tark etdi. Parij derbisida «Parij» klubiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan qizil-ko‘klar turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Shu tariqa, amaldagi kubok sohibi bo‘lgan «PSJ» musobaqani erta tark etdi.

Bu mag‘lubiyat bosh murabbiy Luis Enrike uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Ispaniyalik mutaxassis «PSJ»ni boshqargan davrida ilk bor ichki musobaqalardan birida sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatini muddatidan avval boy berdi.

Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike 2023 yil yozidan buyon «PSJ»ni boshqarib kelmoqda. Shu vaqt ichida parijliklar Fransiyada:

  • 2 marta Liga 1 chempioni,
  • 2 marta Fransiya Kubogi,
  • 3 marta Fransiya Superkubogi sohibiga aylangan.

Bundan tashqari, klub Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Qit’alararo kubokni ham qo‘lga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting