Luis Enrike «PSJ» bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi
Tomonlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi bitim shartlarini kelishib oldi.
ФОТО: Getty images
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda L'Equipe xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi bitim shartlarini kelishib oldi. Shartnoma imzolanganini yaqin kunlarda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Luis Enrike 2023 yildan buyon PSJni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida Parij klubi uch marta Fransiya chempionati, uch marta Fransiya Superkubogi, ikki marta UEFA Chempionlar ligasi, ikki marta Fransiya kubogi, shuningdek, UEFA Superkubogi va Qit'alararo kubokni bir martadan qo‘lga kiritdi.
54 yoshli mutaxassis faoliyati davomida «Roma», «Selta», «Barselona» hamda Ispaniya milliy jamoasini ham boshqargan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist