locale OZ

Luis Enrike: «Oltin to‘p» «PSJ» futbolchisiga berilishi kerak»

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Oltin to‘p» sovriniga kim loyiq ekani haqidagi fikrini bildirdi.
Luis Enrike: «Oltin to‘p» «PSJ» futbolchisiga berilishi kerak»
photo: gettyimages

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Oltin to‘p» sovriniga kim loyiq ekani haqidagi fikrini bildirdi.

«Oltin to‘p» «PSJ» futbolchisiga berilishi kerak», — deya Enrikening so‘zlarini Fabritsio Romano keltirdi.

O‘tgan mavsumda «PSJ» Fransiya chempionati va mamlakat kubogida g‘olib chiqdi. Parijliklar Chempionlar ligasi finalida Londonning «Arsenal» klubini mag‘lub etib, turnirda ham zafar quchdi. «PSJ» futbolchilari orasida bosh individual sovrin uchun da’vogarlar qatoridan bir nechta futbolchi, jumladan, vinger Xvicha Kvaratsxeliya ham joy oldi.

«PSJ» yangi mavsumni omadsiz boshladi. Parijliklar Fransiya chempionatidagi dastlabki ikki bahsda atigi 2 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 11-pog‘onasidan joy oldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting