Luis Enrike Fabian Ruizning holati haqida gapirdi: «Uning toʻliq tiklanishi uchun biroz vaqt kerak»
Futbolchi «Liverpul»ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuborishi mumkin.
FOTO: Getty Images
«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi «Liverpul»ga qarshi bahs oldidan jamoa yarimhimoyachisi Fabian Ruizning tiklanish jarayoni haqida ma’lumot berdi.
«Futbolchi jarohat olganida, biz uning qaytishini kutishimiz kerak. Bu juda muhim. Biz o‘yinchilarni imkon qadar tezroq safga qaytarishga harakat qilamiz, biroq Fabian hali ham umumiy guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazmadi. U katta o‘sishga erishdi, biz deyarli har kuni muloqot qilib turibmiz. U to‘g‘ri yo‘lda, ammo to‘liq tiklanishi uchun hali biroz vaqt kerak», — dedi Enrike.
Eslatib o‘tamiz, Fabian Ruiz 20 yanvar kuni Chempionlar Ligasi doirasidagi «Sporting»ga (1:2) qarshi uchrashuvda tizzasidan jarohat olgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist