locale OZ

Luis Enrike: «Chempionlar ligasi — har qanday muammoga qarshi eng yaxshi dori!»

«PSJ» bosh murabbiyi «Nyukasl»ga qarshi oʻyin oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Enrike: «Chempionlar ligasi — har qanday muammoga qarshi eng yaxshi dori!»
FOTO: Getty Images

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar Ligasining navbatdagi muhim bahsi oldidan jamoasining holati haqida gapirib o‘tdi. Murabbiyning ta’kidlashicha, parijliklar ayni damda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘zining cho‘qqisida turibdi.

UEFA rasmiy sayti Enrikening quyidagi so‘zlarini keltirmoqda:

«Hozirgina so‘nggi mashg‘ulotimizni yakunladik. Barcha a’lo darajadagi sport formasida. Chempionlar Ligasi — har qanday muammoga qarshi eng yaxshi dori. Futbolchilardan hol-ahvol so‘rashga hojat ham yo‘q, chunki hamma birdek 100 foiz tayyorligini aytadi. Ushbu turnir biz uchun ulkan motivatsiya manbaidir», — deya ishonch bilan ta’kidladi mutaxassis.

Maʼlumot uchun, Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 8-turi doirasidagi «PSJ» hamda «Nyukasl» o‘rtasidagi to‘qnashuv bugun, 28 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. Bahs Parijdagi muhtasham «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting