locale OZ

Luis Dias YeChLda 3 o‘yinga chetlatildi

Futbolchining jiddiy qo'pol harakati sabab Ashraf jarohat olib, safdan chiqqan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Dias YeChLda 3 o‘yinga chetlatildi
ФОТО: Getty images

"Bavariya" vingeri Luis Dias Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan "PSJ"ga qarshi (2:1) safar o‘yinida parijliklar himoyachisi Ashraf Hakimiyga nisbatan juda qo‘pol o‘ynagani uchun qizil kartochka olgan edi.

UEFA 28 yoshli kolumbiyalik futbolchini o‘sha harakati uchun Chempionlar ligasida 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.

Shunday qilib, Dias "Arsenal" (26 noyabr, safarda), "Sporting" (9 dekabr, uyda) va "Union Sent-Jilluaz"ga (21 yanvar, uyda) qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting