locale OZ

Luis Dias eng ko‘p ofsaydga tushgan futbolchi

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Urugvay terma jamoasi forvardi Maksimiliano Arauxo band etgan (3 ta o‘yinda 6 ta ofsayd).
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Dias eng ko‘p ofsaydga tushgan futbolchi
photo: gettyimages

Kolumbiya terma jamoasi vingeri Luis Dias JCH-2026 musobaqasida eng ko‘p ofsaydga tushgan futbolchi bo‘lib turibdi.

29 yoshli «Bavariya» futbolchisi turnirda o‘tkazgan 4 ta uchrashuvida 9 bor «o‘yindan tashqari holat»da qolib ketdi (shundan 5 tasi guruh bosqichidagi Kongo DRga qarshi bahsga to‘g‘ri keladi).

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Urugvay terma jamoasi forvardi Maksimiliano Arauxo band etgan (3 ta o‘yinda 6 ta ofsayd).

Uchinchi o‘rinni esa bir yo‘la to‘rt futbolchi — Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Marko Arnautovich (Avstriya), Nikolas Jekson (Senegal) va Aleksandr Isak (Shvetsiya) bo‘lishib turibdi. Ularning har biri 4 ta o‘yinda 5 martadan ofsaydda qolishgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting