locale OZ

Luchano Spalletti: Jadvalda yuqoriroq ko‘tarilishni istaymiz

"Keksa sinora" 29 ochko jamg‘arib, Italiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. Spalletti shogirdlari peshqadam "Inter"dan 4 ochko ortda qolmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luchano Spalletti: Jadvalda yuqoriroq ko‘tarilishni istaymiz
photo: gettyimages

Italiya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda Turinning "Yuventus" klubi Rimning "Roma" klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Bu natija haqida "keksa sinora" ustozi Luchano Spalletti fikr bildirdi.

"Hozir barcha o‘yinlar oson emas. Shogirdlarim oxirigacha kurashdi, bir to‘p o‘tkazib yuborsak ham, baribir oldinga o‘ta oldik. Biz ishlashda davom etishimiz kerak. Biz jadvalda yuqoriroq ko‘tarilishni istaymiz," - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Football-Italia.

"Keksa sinora" 29 ochko jamg‘arib, Italiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. Spalletti shogirdlari peshqadam "Inter"dan 4 ochko ortda qolmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting