Lokomotiv U-12 qizlar jamoasiga ehtirom ko‘rsatildi
"Lokomotiv-W" U-12 qizlar jamoamiz O‘FA chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
photo: Lokomotiv fk
"Lokomotiv-W" U-12 qizlar jamoamiz O‘FA chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shu munosabat bilan klubimiz rahbariyati tomonidan qizlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan "Lokomotiv" PFK menejeri Sardor Akramov, sport direktori Ravshan Muqimov, jamoa boshlig‘i Qobil Yunusov qizlarimizni ushbu yutuq bilan tabriklab, kelasi mavsumga omad tilashdi.
Shu o‘rinda Maftuna Ergashova murabbiylik qilayotgan U-12 jamoamizni O‘FA chempionatidagi munosib ishtirok bilan tabriklaymiz.
Ibrohim Jalolov
Redaktor