«Lokomotiv» Sardor Mirzayevni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
U so‘nggi yillarda OKMK klubida to‘p surayotgan edi.
ФОТО: Getty images
Superligaga qaytgan "Lokomotiv" tarkibni kuchaytirishga kirishgan.
Sports24.uz nashriga ma’lum bo‘lishicha, "temiryo‘lchilar" o‘tgan mavsumni OKMK yarim himoyachisi Sardor Mirzayevni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Mirzayev jarohat sabab o‘tgan mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi va atigi 3 ta o‘yinda maydonga tushdi.
U ilgari "temiryo‘lchilar"da ham o‘ynagan. Keyinchalik Tailand chempionatida to‘p surgan. So‘nggi yillarda esa OKMK klubida to‘p surayotgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist