«Lokomotiv» Kozak bilan xayrlashdi
Photo: PFC Lokomotiv
"Lokomotiv" futbolchi Vladimir Kozak bilan xayrlashdi.
Pro-liganing dastlabki bosqichini muvaffaqiyatsiz o'tkazgan "Lokomotiv"da ham o'zgarishlar bor. Tribuna.uz manbasiga ko'ra, davralar oralig'ida jamoani 32 yoshli yarimhimoyachi Vladimir Kozak tark etdi.
Futbolchi "temiryo'lchilar" safida 2 ta o'yinda maydonga tushdi. Eslatib o'tamiz, Vladimir faoliyati davomida "Paxtakor", OKMK, "Navbahor" va "Dinamo" jamoalarida to'p tepgan.
Avvalroq avstraliyalik Mirko Yelichich "Lokomotiv" bosh murabbiyi etib tayinlangandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor