Lokomotiv 2010-yilda tug‘ilgan futbolchilarni taklif etadi
Ayni payt futbol maktabimizga 2010-yilda tug‘ilgan futbolchilarni tanlov asosida qabul qilish jarayoni davom etmoqda.
photo: Lokomotiv fk
2019-yilda "Lokomotiv" U21 jamoamiz bilan chempionlikni, 2020-yilda "Lokomotiv" U18 jamoamiz bilan 3-o'rinni qo'lga kiritgan, "Lokomotiv" futbol maktabi direktori sifatida 2022-yilda U13 jamoamiz bilan O'FA Kubogida 2-o'rin, U16 jamoamiz bilan Toshkent shahar Superkubogi g'olibi bo'lgan professional futbol bo'yicha mutaxassis Rifatxo'ja Akramxo'jayev "Lokomotiv" bolalar va o‘smirlar futbol maktabida U16 jamoamizni qabul qilib oldi.
Ayni payt futbol maktabimizga 2010-yilda tug‘ilgan futbolchilarni tanlov asosida qabul qilish jarayoni davom etmoqda",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor