locale OZ

Livramento \"Manchester City\"ga o'tishi barbod bo'lishi mumkin

"Nyukasl" o'z yetakchisini sotmoqchi emas
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Livramento "Manchester City"ga o'tishi barbod bo'lishi mumkin
Photo: Getty Images

“Nyukasl”ning chap qanot himoyachisi Tino Livramento “Manchester City”ga o'tmasligi mumkin. Bu haqida jurnalist Krey Xoup xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “qarg'alar” bosh murabbiyi Eddie Howe futbolchining sotilishiga qarshi chiqqan. Tino o'zi ham jamoani tark etish istagini bildirgan emas.

“Manchester City” uni xarid qilish bo'yicha taklif bilan chiqqandi.

O'tgan mavsumda 22 yoshli Livramento barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 1 assist muallifi bo'lgan. Transfermarkt portali mutaxassislarining baholashicha, futbolchining narxi 40 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting