\"Liverpul\"ga Gordon kerak
Klub anchadan beri uni sotib olishni istamoqda
Photo: Getty Images
“Liverpul” klubi “Nyukasl” vakili Entoni Gordonga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qizillar” 24 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda. O‘tgan yilning yozida ham taklif bilan chiqqan edi. Ammo kelishuv amalga oshmay qolgan.
Joriy mavsumda Gordon APLda 6 ta gol va 5 ta assistni amalga oshirdi. Shuningdek, u jamoasiga Liga Kubogini yutishda yordam berdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist