locale OZ

“Liverpul” Vataru Endo bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

33 yoshli yaponiyalik futbolchi Andoni Iraola qo‘l ostida asosiy tarkibdan uzoqlashgan.
“Liverpul” Vataru Endo bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor
Foto: Getty Images

“Liverpul” yarim himoyachi Vataru Endoni qishki transfer oynasida sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 33 yoshli yaponiyalik futbolchi Andoni Iraola qo‘l ostida asosiy tarkibdan uzoqlashgan va klub yanvarda uning transferi bo‘yicha tushadigan takliflarni tinglashga tayyor. Bu haqda GiveMeSport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Endoning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi. Shu sabab mersisaydliklar futbolchini yozda tekinga qo‘yib yuborish o‘rniga, yanvar oyida uning transferidan ma’lum miqdorda mablag‘ ishlab olishni maqsad qilmoqda. Hozircha muzokaralar boshlangan yoki aniq taklif kelib tushgani haqida ma’lumot yo‘q.

Endo joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida hali bir daqiqa ham maydonga tushmagan va “Liverpul”ning UEFA Chempionlar ligasi uchun qaydnomasiga ham kiritilmagan. Iraola avvalroq yarim himoyada Rayan Gravenberx, Aleksis Mak Allister, Dominik Soboslai va Trey Nyoni kabi futbolchilarni Endodan ko‘proq tanlayotganini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Vataru Endo “Liverpul”ga 2023-yilda “Shtutgart”dan 16 million funt evaziga qo‘shilgan. U ilk mavsumida klub safida 43 ta uchrashuvda maydonga tushgan, keyingi mavsumda esa yana 32 ta o‘yin o‘tkazgan. 2025/26-yilgi mavsumda jarohatlar sabab uning ishtiroki keskin kamayib, barcha musobaqalarda atigi 12 ta uchrashuv bilan cheklangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting