locale OZ

«Liverpul» Svensson uchun kurashga qoʻshildi — Ekrem Konur

24 yoshli shvetsiyalik futbolchi yozda «Borussiya D»ni tark etishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Svensson uchun kurashga qoʻshildi — Ekrem Konur
FOTO: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi chap qanot himoyachisi Daniel Svensson Yevropa grandlari e’tiboriga tushdi. Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, 24 yoshli shvetsiyalik futbolchiga eng koʻp qiziqishni «Liverpul» va «Inter» klublari bildirmoqda. Shuningdek, «Arsenal», «Lids Yunayted», «Milan» va «Atalanta» kabi jamoalar ham iqtidorli himoyachining harakatlarini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

Daniel Svensson joriy mavsumda o‘zining barqaror va sermahsul o‘yini bilan ajralib turibdi. U barcha turnirlar doirasida jami 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 4 bor ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bunday ko‘rsatkichlar himoyachi uchun juda yuqori natija hisoblanadi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 22 million yevroga baholayotgan bo‘lsa-da, uning klub bilan 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomasi borligi transfer narxiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Dortmundliklar Svenssonni jamoada saqlab qolishni istashsa-da, agar munosib taklif tushsa, uni sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. «Borussiya» rahbariyati futbolchi uchun 40-45 million yevro atrofida mablag‘ talab qilmoqda. Futbolchining o‘zi esa faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirish va o‘z kuchini ushbu chempionatda sinab ko‘rish istagini bildirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting