locale OZ

«Liverpul» Rodrigoni transfer qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda

Mersisaydliklar braziliyalik vingerni Salohning oʻrniga olib kelmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Rodrigoni transfer qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Rodrigo Goes «Liverpul» e’tiborini tortdi. Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, Angliya klubi braziliyalik futbolchini transfer qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Rodrigo yozda «Enfild»ni tark etishi kutilayotgan hujumchi Muhammad Salohga munosib o‘rinbosar bo‘lishi mumkin. «Liverpul»dan tashqari, futbolchiga «Inter», «Al Hilol», «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenhem» kabi klublar ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 25 yoshli Rodrigo barcha turnirlarda 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Rodrigoning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting