locale OZ

«Liverpul» «Renn» himoyachisi Jeremi Jakeni nishonga oldi

Mersisaydliklar uni Konatening oʻrniga olib kelmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» «Renn» himoyachisi Jeremi Jakeni nishonga oldi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» Fransiyaning «Renn» klubi himoyachisi Jeremi Jakega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolieri X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar Jakeni jamoani tark etishi kutilayotgan Ibrahima Konatening o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda.

Konatening klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi va u erkin agent sifatida ketishi mumkin. Jake esa Yevropaning eng istiqbolli yosh himoyachilaridan biri sifatida baholanmoqda.

Jeremi Jake — «Renn» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, u 2024 yildan buyon asosiy jamoa safida to‘p surmoqda. Shu vaqtgacha u klub tarkibida 27 ta o‘yinda maydonga tushgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning hozirgi bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting