«Liverpul» rahbariyati Alonsodan norozi bo‘lgan – The Telegraph
Amerikaning Fenway Sports Group investitsiya kompaniyasi, "Liverpul" klubi egasi sifatida, Xabi Alonsoning ingliz klubida ishlash taklifini rad etib, "Real"dan taklif kutishni maqul ko‘rgan qaroridan norozi bo‘lgan.
The Telegraph ma’lumotiga ko‘ra, FSG Yurgen Klopp ketganidan so‘ng aynan Alonsoni jamoaga taklif qilishni rejalashtirgan, biroq ispaniyalik mutaxassis bu taklifni qabul qilmagan. Klub rahbariyati murabbiyning "Real"ni boshqarish imkoniyatini kutishni afzal ko‘rganini salbiy qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 17 may kuni Chelsea rasmiy ravishda Alonsoni bosh murabbiy etib tayinlaganini e’lon qildi. Klopp "Liverpul"ni 2024 yil 30 iyunda tark etgan, Alonso esa 2025 yil 1 iyunda Madridning "Real" klubini boshqarishni o‘z zimmasiga olgan.
Avvalroq matbuotda Alonso "Liverpul"ga qaytishi mumkinligi, agar Arne Slot iste’foga chiqarilsa, uning o‘rnini egallashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bu ssenariy amalga oshmadi.